SPORT

ПОЛВОНЛАРИМИЗ ҒОЛИБ БЎЛИШДИ.
Туман ХТМФМТТЭБ га қарашли 10-БЎСМ да «Соглом бола йили» ва мустақиллигимизнинг 23 йиллиги муносабати билан Ибрагимов Абдумалик хотирасига бағишлаб ўқувчилар ўртасида эркин кураш бўйича республика турнири бўлиб ўтди.

Туман ҳокимлиги, туман прокуратураси, туман ИИБ, туман ХТМФМТТЭБ, туман маданият ва спорт ишлари бўлими, Болалар спортини ривожлантириш жамғармаси туман бўлими «Камолот” ЁИҲ туман Кенгаши, 10-БЎСМ ва бир гуруҳ ота-оналар ҳомийлигида ташкил этилган мазкур турнирни туманимиз ҳокими F. Алиев кириш сўзи билан очди ва спортчиларга зафарлар тилади.
Мазкур мусобақага иштирок этиш учун Қорақалпоғистон Республикаси, Бухоро, Навоий, Самарканд, Тошкент вилоятлари, Тошкент, Олмалиқ, OҚТОШ шаҳарларидан 13 вазнда полвонлар таклиф этилишди. Мусобақа ФИЛА қоидаси асосида ўтказилди.
Унда 2000-2002-йилларда туғилгаи ёшлар ўртасида 23, 26, 29, 32, 35, 85 килограмм вазнларда, 1999-2001-йилларда туғилган ёшлар ўртасида 32, 42, 46, 50, 54, 58 килограмм вазнларда полвонлар беллашищди.
Мусобақа натижасига кўра 1 -ўрин Хатирчи тумани жамоасига, 2-ўрин Бухоро вилояти жамоасига, 3-ўрин Навоий шаҳри ҳамда Самарканд вилояти жамоаларига насиб этди.
Мусобақа сўнгида ғолиб ва совриндорларга ҳомийлар томонидан қимматбаҳо эсдалик совғалари, диплом ва медаллар топшириди.

Мақола санаси: 26.08.2014 й

Tumanimiz sportda o`z o`rniga ega. 

Shu yilning 18-21-iyun kunlari sportning erkin kurash turi bo`yicha Chirchiq shahrida O`zbekiston chepioni Adham Ochilov sovrini uchun Respublika turniri bo`lib o`tdi.  Unda tumanimizdan 2000-2001 yillarda tug`ilgan 9 nafar 10-BO`SM o`quvchilari ishtirok etishdi. Ulardan I. Normurodova 1-o`rinni, I. Ilhomov va A. Abbosovlar 2-o`rinni, J. Vohidov, Z. Rashidov hamda M. Xo`janazarovlar 3-o`rin sohiblari bo`lishdi.

Shuningdek 2014 yilning 25-27-iyun kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O`zbekiston terma jamoasi uchun munosib o`rindoshlarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida erkin kurash bo`yicha 2000-2001 yillarda tug`ilgan o`smirlar o`rtasida O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi. Unda Respublikamizning barcha viloyatlaridan mohir sportchilar qatnashishdi. Mazkur chempionatda Xatirchilik polvonlardan 7 nafari ishtirok etib 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo`lga kiritishdi. Bundan tashqari 42 kg vaznda Z. Rashidov, 47 kg vazinda I. normurodov 1-o`rin, 85 kg vaznda A. Abbosov 2-o`rin, 47 kg vaznda A. Ismatullayev va 53 kg vaznda A. Salimov 3-o`rinlarni sohiblar bo`lishdi.

Maqola sanasi:   07.07.2014 yil

«Sog`lom bola-yurt tayanchi»

Xatirchi tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 10-BO`SM katta sport zalida «Sog`lom bola yili» va Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlab 6-7 yoshli tarbiyalanuvchilar o`rtasida «Sog`lomjon-polvonjon» 4-5 yoshli tarbiyalanuvchilar o`rtasida «Kichkintoy-shirintoy» sport musobaqasi bo`lib o`tdi.

Tadbir sport estafetalari turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o`rtasida o`tkazildi. Tadbirni BSRJ tuman vakili Ya. Xalayev hamda Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi Jismoniy tarbiya fani metodisti M. Abdullayevlar o`tkazdilar.

Bo`lib o`tgan tadbirda 1-o`rinni 1-MTM tarbiyalanuvchilari qo`lga kiritib musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo`llanma olishdi. 2-o`rinni esa 3-MTM, 3-o`rinni 2-MTM jamoalari egallashdi.

Musobaqada g`olib bo`lgan jamoalarga tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi tomonidan diplom va estalik sovg`alari topshirildi.

BIZNING YOSHLARGA GAP YO`Q

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumanimizdagi 10-BO`SMda sportning turli yo`nalishlari bo`yicha qiziqarli bellashuvlar tashkil etildi. Mazkur tadbirni tumanimiz hokimi G`. Aliyev ochdi va barcha ishtirokchilarni bayram shodiyonalari bilan muborakbod etdi.

Shundan so`ng  suzishning 4 ta turi bo`yicha 3 ta jamoa o`zaro bellashishdi. 1999-2000 yillarda tug`ilgan o`smirlar murabbiyi Rustam Xayriddiniv, 2001-2002 yillarda tug`ilgan o`smirlar murabbiyi Jo`rabek Jo`rayev va 2003-2004 yillarda tug`ilgan yoshlar murabbiyi Munisa Ismoilova boshchiligida musobaqani boshlashdi. Tadbirda sportchilarning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Bellashuv juda qiziqarli o`tdi. G`oliblarni aniqlash juda murakkab kechdi. Va nihoyat g`oliblar aniqlandi. 1999-2000 yillarda tug`ilgan o`smirlar o`rtasida 50 metrga erkin usulda suzishda Nortoy Hamroyev 1-o`rinni, Xusniddin Jamolov 2-o`rinni, Elbek Ikromov 3-o`rinni qo`lga kiritishdi va musobaqaning viloyat bosqichiga yo`llanma olishdi. 2003-2004 yillarda tug`ilgan o`smirlar o`rtasida esa Jamshid hayitmurodov 1-o`rinni, Akmal Ismatov 2-o`rinni, Hasan ochilov 3-o`rinni egallashdi.

Did you enjoy this post? Why not leave a comment below and continue the conversation, or subscribe to my feed and get articles like this delivered automatically to your feed reader.

Comments

Привет! Это комментарий.
Чтобы удалить его, авторизуйтесь и просмотрите комментарии к записи. Там будут ссылки для их изменения или удаления.

Leave a comment

(required)

(required)